Ishlab chiqarish tafovutining markaziy bank monetar siyosati qarorlariga ta’siri
DOI:
https://doi.org/10.55439/GED/vol1_iss10/a585Abstract
Maqolada ishlab chiqarish tafovutining mohiyati va ahamiyati yoritib berilgan. Iqtisodiyotning real va potensial
ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan. Shuningdek, “Ijobiy” va “Salbiy” ishlab chiqarish
tafovutining inflyatsion bosim hamda mehnat resurslariga bo‘lgan ta’siri tahlil qilingan. Ishlab chiqarish tafovutining
markaziy bankning monetar siyosat bilan bog‘liq qarorlariga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Xususan, muayyan ishlab chiqarish
tafovuti sharoitida markaziy bankning qanday foiz siyosatini amalga oshirishiga e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, ishlab
chiqarish tafovutining makroiqtisodiy darajada ustun va zaif jihatlari keltirib o‘tilgan.



