Qoraqalpogʻiston respublikasida mikrokredit bank xizmatlarining rivojlanish holati iqtisodiy tahlili
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, chakana
toʻlov tizimining ishga tushirilishi, bank kartalari asosida chakana toʻlov xizmatlarini koʻrsatishdagi faollik, iqtisodiyotda
naqd pulsiz hisob-kitoblar va toʻlov tizimlari faoliyatiga oid, shu jumladan, Mikrokreditbank Qoraqalpogʻiston Respublikasi
filiali asosiy koʻrsatkichlari asosida koʻrsatilayotgan bank xizmatlari tadqiq etilgan. Bunda, bank mijozlari, bank xizmatlari
markazlari, bank aktivlari va majburiyatlari hamda berilgan kreditlar, shuningdek, bank depozitlari kabi koʻrsatkichlarning
rivojlanish holati tendensiyalari oʻrganib chiqilgan. Muallif tomonidan bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga berilgan
kreditlarning hududda aholi turmush darajasining oshishiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi asoslangan.



