Aholi daromadlarini oshirishda asalarichilikning o‘rni
Abstract
Maqolada aholi daromadlarini oshirishda asalarichilikning ahamiyati bayon etilgan. Muallifning fikricha, asalarichilik
sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish uchun grantlar ajratilishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib agrobiznesni rivojlanishiga imkoniyat
yaratadi. Lekin, shu bilan birga, davlat tomonidan tartibga solishning an’anaviy iqtisodiy usullardan foydalanish ayrim hollarda
bu vositalarning samarasizligini ko‘rsatmoqda. Demak, oilaviy va tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirishda
davlatning yangi usullari, dastaklari va davlat-xususiy sherikchilikka asoslangan tizimli yondashuvi kerak bo‘ladi.



