OʻZBEKISTONDA KOʻCHMAS MULK BOZORIDA NARX VA BOZOR MUVOZANATINING SHAKLLANISHI: TALAB VA TAKLIF TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23384264Abstract
Maqolada O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori misolida narx va bozor muvozanatining shakllanish mexanizmlari mikroiqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bozor iqtisodiyotini chuqurlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar doirasida ko‘chmas mulk bozorida talab va taklif nisbatida muhim tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, bu esa narx shakllanishi jarayonini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish va bozor rivojlanishining istiqbollarini baholash imkonini beradi. Maqolaning maqsadi klassik talab-taklif nazariyasining asosiy qoidalarini yoritish, bozor muvozanati mexanizmini nazariy jihatdan tushuntirish hamda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining 2023–2025-yillardagi statistik ma’lumotlari asosida amaliy tahlil o‘tkazishdan iborat. Bozor narxlari bilan fundamental qiymat o‘rtasidagi tafovutning qisqarishi bozor muvozanatining shakllanish jarayoni izchil davom etayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, hududlar kesimida talab va taklif nisbatining o‘ziga xos xususiyatlari kuzatilmoqda: Toshkent shahrida taklifning kengayishi narxlarning maqbullashuviga xizmat qilsa, ayrim viloyatlarda talabning yuqoriligi ko‘chmas mulk bozorining faollashuvi va narxlar dinamikasida namoyon bo‘lmoqda. Davlat siyosati ipoteka subsidiyalari, soliq va bojxona imtiyozlari hamda Markaziy bank stavkasining pasayishi orqali bozor muvozanatini qo‘llabquvvatlash va uy-joy xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o‘ynamoqda. Natijalar asosida hududiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish, ipoteka kreditlash tizimini yanada moslashuvchan qilish, bozor monitoringi tizimini takomillashtirish va qurilish xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.Keywords
talab va taklif, bozor muvozanati, narx elastikligi, ko‘chmas mulk bozori, O‘zbekiston iqtisodiyoti, ipoteka kreditlashReferences
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6274-son Farmoni. (n.d.). URL: https://lex.uz/acts/-5556807.
Brzezicka, J., & Kobylińska, K. (2021). Price and income elasticity of housing demand: theoretical and empirical approach.
Maxmudov, K. (2023). Narxlar va bozor mexanizmi: nazariya va amaliyot. TDIU.
Abduraxmonov, B. (2022). Narxlar va bozor muvozanati. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy jurnali.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Koʻchmas mulk bozori sharhi, 2024–2025-yillar statistik ma’lumotlari. — Toshkent, 2025.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. Qurilish va koʻchmas mulk sohasi statistikasi. — Toshkent, 2025.
Gazeta.uz. Oʻzbekistonda uy-joy narxlari va ijara bozori tahlili, 2024–2025. — www.gazeta.uz.
Barth, N. (2003). Housing supply elasticity: Evidence from Norwegian municipalities, 2003–2021.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


