QASHQADARYO VILOYATIDA TRANSPORT-LOGISTIKA INFRATUZILMASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING YOʻLLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23383742Abstract
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining 14 ta maʼmuriy tumani kesimida transportlogistika infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligi va uning hududiy iqtisodiy oʻsishga taʼsiri chuqur empirik hamda ekonometrik tahlil etilgan. 2024-yilgi tumanlararo xizmatlar statistikasi va 2017–2025-yillarga oid makro-panel maʼlumotlari asosida koʻp omilli Kobb-Duglas regressiya modeli va tumanlar klasterizatsiyasi ishlab chiqilgan. Infratuzilmaga kiritilgan investitsiyalar, yoʻllar zichligi va yuk tashish hajmlarining elastiklik koeffitsiyentlari baholangan. Transport xizmatlarining bozor xizmatlaridagi ulushi boʻyicha tumanlararo keskin tafovut (Shahrisabzda 6,60% dan Kasbida 43,06% gacha) mavjudligi aniqlangan. Viloyat iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida Gʻuzor va Qarshi tumanlarida multimodal xablar tashkil etish, raqamli logistika platformasini joriy qilish hamda agrologistika markazlarini rivojlantirish boʻyicha amaliy takliflar berilgan.Keywords
transport logistikasi, Qashqadaryo viloyati, iqtisodiy samaradorlik, ekonometrik modellashtirish, tumanlar klasteri, Kobb-Duglas funksiyasi, hududiy integratsiya, raqamli transport platformalariReferences
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-5841063
Qashqadaryo viloyati statistik axborotnomasi (2025). Xizmatlar sohasi va transport koʻrsatkichlari boʻyicha yillik hisobot. Qarshi shahri.
Redding, S. J., & Turner, M. A. (2014). Transportation costs and the spatial organization of economic activity. Handbook of Regional and Urban Economics, 5, 1339-1398.
Duranton, G., Morrow, P. M., & Turner, M. A. (2014). Roads and trade: Evidence from the US. The Review of Economic Studies, 81(2), 681-724.
Hummels, D. L., & Schaur, G. (2013). Time as a trade barrier. American Economic Review, 103(7), 2935-2959.
World Bank (2023). Connecting to Compete 2023: Trade Logistics in the Global Economy. World Bank Publications, Washington DC.
Gujarati, D. N. (2009). Basic Econometrics (5th ed.). Tata McGraw-Hill Education.
Duranton, G., & Turner, M. A. (2011). The fundamental law of road congestion: Evidence from US cities. American Economic Review, 101(6), 2616-2652.
Karymshakov, K., & Sulaimanova, B. (2023). Trade facilitation, infrastructure, and international trade in Central Asian countries. ADB Working Paper Series, No. 58.
Asian Development Bank (2023). Building greener, resilient transport infrastructure in Uzbekistan. ADB Technical Report, Manila.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


