YASHIL INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI

Authors

  • Oydinoy Nasulloeva

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22346457

Abstract

Yashil innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlarining o‘rni va
ahamiyati tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishi, resurslar taqchilligi va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi sharoitida
yashil infratuzilmani faqat davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish yetarli emasligi asoslangan hamda xususiy sektor
investitsiyalari va texnologik salohiyatini jalb etishga yo‘naltirilgan sheriklik modellari muhim vosita sifatida baholangan.
Qayta tiklanuvchi energetika, shahar transporti, suv va chiqindilarni boshqarish, “yashil” qurilish hamda shaharlarni
ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlaridagi xalqaro tajriba qiyosiy tahlil qilinib, yashil loyihalarni amalga oshirishning iqtisodiy,
ekologik va institutsional omillari hamda mavjud to‘siqlari tizimlashtirilgan. O‘zbekiston misolida “Nur Navoi” quyosh
elektr stansiyasi va Zarafshon shamol elektr stansiyasi loyihalari, davlat-xususiy sheriklikning qonunchilik bazasi hamda
yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganilgan. Xitoy tajribasiga oid empirik tadqiqotlar
natijalari asosida yashil DXSH loyihalarining shahar hududlarida uglerod chiqindilarini kamaytirishga ta’siri yoritilgan.
Tadqiqot natijalari yashil innovatsiyalarni jadallashtirishda institutsional, moliyaviy va boshqaruv instrumentlarini o‘zaro
uyg‘unlashtiruvchi kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Keywords

yashil innovatsiyalar, davlat-xususiy sheriklik, yashil iqtisodiyot, yashil infratuzilma, ESG tamoyillari, qayta tiklanuvchi energetika, barqaror rivojlanish, investitsiya mexanizmlari

Author Biography

Oydinoy Nasulloeva

Osiyo Xalqaro Universiteti o‘qituvchisi
 

References

1. Khashimova S. N., Abdikarimova A. A. Public-Private Partnership in Green Economy Efficiency // Spectrum

Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2024. – Vol. 28. – ISSN 2751-1731.

2. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son

Qonuni.: https://lex.uz/ru/docs/-4329270

3. Khodjieva D. Sustainable Economic Development and Principles of Green Economy of Uzbekistan in

2017–2024 // Journal of Sustainable Development and Green Technology (JSDGT). – 2025. – Vol. 5, No.

1. – P. 9–13. – DOI: 10.54216/JSDGT.050103.

4. Khusenova M. Public-Private Partnership in ESG Implementation: Opportunities and Challenges for

Sustainable Development // Innovation Science and Technology. – 2026. – № 6. – B. 111–114.

5. Owojori O. M., Erasmus L. J. Public-Private Partnerships as Catalysts for Green Infrastructure: A Three-

Pronged Analysis of Economic, Environmental, and Institutional Factors // Frontiers in Sustainable Cities.

– 2025. – Vol. 7. – Art. 1591278. – DOI: 10.3389/frsc.2025.1591278.

6. Wang S., Liu C., Zhou Z. Government-Enterprise Green Collaborative Governance and Urban Carbon

Emission Reduction: Empirical Evidence from Green PPP Programs [Elektron resurs]. – SSRN, 2024. –

URL: https://ssrn.com/abstract=4752930.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “2019–2030-yillarda O‘zbekiston

Respublikasida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarori.: https://

lex.uz/docs/-4539502

8. Asian Development Bank. Green Economy and Sustainable Development in Uzbekistan. – Manila: Asian

Development Bank, 2022. – 180 p.

9. World Bank. Yashil, barqaror va inklyuziv rivojlanish: O‘zbekiston uchun diagnostika. – Washington, DC:

World Bank, 2022. – 140 b.

10. World Bank. Uzbekistan Economic Update. – Washington, DC: World Bank, 2022. – 150 p.

11. Sirojov Z. Davlat-xususiy sheriklik asosida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan dasturlarni amalga oshirishda

xorijiy davlatlar tajribasi // Jamiyat va boshqaruv. – 2018. – № 2.

12. OECD. Public-Private Partnerships and Sustainable Development. – Paris: OECD Publishing, 2023.

13. World Bank. Public-Private Partnerships Reference Guide. – Washington, DC: World Bank, 2024.

Downloads

Published

2026-09-01

How to Cite

Nasulloeva , O. (2026). YASHIL INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI. GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 4(9), 77–81. https://doi.org/10.5281/zenodo.22346457
Vol. 4 No. 9 (2026): «Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali 9-son