KORXONALARNING INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21838161Abstract
Mazkur tezisda korxonalarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini
takomillashtirish masalalari «Damira Beverages» MChJ misolida tahlil qilingan. Loyihaning umumiy qiymati,
moliyalashtirish qoldig‘i, yillik va yarim yillik prognoz ko‘rsatkichlari hamda amalda o‘zlashtirilgan xorijiy
investitsiyalar hajmi baholangan. Tahlil natijalari investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish sur’ati yuqori bo‘lganini,
biroq reja va amaldagi ko‘rsatkichlar o‘rtasida sezilarli tafovut mavjudligini ko‘rsatgan. Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, mablag‘
ajratishni loyiha bosqichlariga bog‘lash, valyuta va moliyaviy risklarni boshqarish hamda raqamli monitoring
tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords
investitsiya loyihasi, moliyalashtirish mexanizmi, xorijiy investitsiyalar, investitsiya samaradorligi, moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish, raqamli monitoring, korxona investitsiya faoliyatiReferences
1. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni [Elektron resurs] // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.
uz/docs/-4664142 (murojaat sanasi: 07.08.2026).
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni [Elektron resurs] //
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-5841063 (murojaat sanasi: 07.08.2026).
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining
2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi
bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni [Elektron resurs] // Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi. — URL: https://lex.uz/docs/-8050769 (murojaat sanasi: 07.08.2026).
4. Aytmuratova, U. J. Korxonalarda investitsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari: iqtisodiyot
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya / U. J.
Aytmuratova. — Toshkent, 2021.
5. G‘ozibekov, D. G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari / D. G‘. G‘ozibekov. — Toshkent: Moliya,
2003.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.


